Yangi ko'nikmalar sari

Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman ''Barkamol avlod'' bolalar maktabida, joriy yilning 15-sentabr sanasida ''Ochiq eshiklar kuni'' tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan asosiy maqsad oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish, o'sib borayotgan yosh avlodning bo'sh vaqtini mazmunli va maqsadli o'tkazishni ta'minlashdan iborat.
Ushbu tadbirda, o'quvchi-yoshlar yangi o'quv yilida tashkil etilayotgan to'garaklar bilan tanishtirildi hamda tadbirga kelgan bolalar va ularning ota-onalari uchun konsert dasturi o'tkazildi.