G’allaorol tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda!

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish ularning bilim samaradorliklarini oshishiga, dunyoqarashlari kengayishiga, kelajak uchun aniq maqsad qo‘yishlarida muhim omil hisoblanadi.

Bugungi kunda Jizzax  viloyati, G’allaorol tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida jami 1870 nafar to‘garak a’zolari mavjud.

Xususan,
“Madaniyat va san’at” yo‘nalishida 7 to‘garak, 220 nafar to‘garak a’zolari,
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishida 6 to‘garak 160  nafar to‘garak a’zolari,
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishida 10 to‘garak, 380  nafar to‘garak a’zolari,
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishida 17 to‘garak, 530 nafar to‘garak a’zolari,
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishida 1 to‘garak, 30 nafar to‘garak a’zolari,
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishida 10 to‘garak, 390 nafar to‘garak a’zolari,
“Xorijiy tillar” yo‘nalishida 4 to‘garak, 160 nafar to‘garak a’zolari.

Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tarmoq to‘garaklar soni  33 ta bo‘lib, to‘garak a’zolari 1110 nafarni tashkil etadi.