ENDILIKDA "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABINING STEAM TOʻGARAKLARI YANADA RIVOJLANADI

🤝 Tomonlar memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

☝️O‘quvchilar o‘rtasida biologiya va kimyo to‘garaklari faoliyatiga oid tanlovlarni tashkil etish hamda boshqa turdagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish;

☝️Tajribali o‘qituvchilar kuzatuvi ostida hududlarda biologiya, kimyo to‘garaklari faoliyatining rivoji uchun tanlangan yangi metodika (o‘quv qo‘llanma, dastur) ya’ni, “STEAM - ta’lim” dasturi asosida bolalar ta’lim olishini tashkillashtirish;

☝️Tuman (shahar), viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida taniqli va tajribali olimlar ishtirokida seminar, tanlov va festivallar, mahorat saboqlari hamda boshqa bayram tadbirlarini o‘tkazish.

✅ O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.