15-17 yoshdagi qizlar uchun to'liq moliyalashtiriladigan Amerikadagi 4 haftalik TechGirls xalqaro yozgi almashinuv dasturi

15-17 yoshdagi qizlar uchun Amerikada bo‘libo‘tadigan  butun dunyo boʻylab yosh ayollarga ilm-fanva texnologiya sohasida martaba orttirishga imkonberish va ilhomlantirish uchun moʻljallangan 4 haftalik TechGirls xalqaro yozgi almashinuv dasturie’lon qilinadi. Dasturning asosiy qismi VirjiniyaTexnologiya Universitetida 24 kun bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar interaktiv kompyuter va texnologiyalagerlarida hamda ish o‘rinlarini o‘rganish va jamoatishlarida qatnashish maqsadida bir necha shaharlargatashrif buyuradilar.

TechGirls dasturi fan, texnologiya, muhandislik vamatematika sohasida yetakchi ayollarning keyingiavlodini birlashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi, ularga o‘zmahoratini rivojlantirish va orzularini ro‘yobgachiqarish uchun imkoniyatlar beradi. Shuningdek, dastur ishtirokchilarning yo‘l, turar-joy, ovqatlanish kabi barcha xarajatlarini qoplaydi.

Dastur haqida batafsil bu yerda  TechGirls - U.S. Embassy in Uzbekistan (usembassy.gov)  o'qishmumkin.)

Maqbullik shartlari

• Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi(O‘zbekiston alohida qayd etilgan);

• Nomzodlar 15-17 yosh orasida bo‘lishi (13-iyul 2006-yil va 13-iyul 2009-yil orasida tug'ilgan bo'lishikerak);

• Ingliz tilini yuqori darajada bilishi;

• Ilg‘or ko‘nikmalar va ilmiy tadqiqotlarda texnologiya, muhandislik va/yoki matematikaga sohalaridao‘zlarining ilg‘or qobiliyatlarini, jiddiy qiziqishlarininamoyish qila olishlari;

• Nomzod texnologiya sohasi oliy ta’lim olish yokikaryera qilishni maqsad qilgan bo‘lishi;

• Ingliz tilini yaxshi bilishi;

• Nomzodlar salohiyatli, moslashuvchan hamda fikriniochiq bayon qila oladigan bo‘lishi;

• Nomzodlar o‘z vatanlariga qaytgandan keyin o‘rtamaktabning kamida bir semestrida o‘qishlari kerak;

• Nomzodlar o‘z vatanlariga qaytgach  jamiyatga oidloyihani amalga oshirishlari kerak;

• Avval AQSH da bo‘lmagan  yoki cheklangan muddatdabo‘lganlarga imtiyoz beriladi. Agar  Ta’lim vaMadaniyat almashinuv dasturi (ECA) doirasidaoxirgi 3 yil ichida AQSHda bo‘lgan  nomzodlar budasturga ariza topshira olmaydilar.

• AQSh elchixonasi  AQSh Davlat departamentixodimlari, boshqaruvchi tashkilotning yoki hamkortashkilotlarning oila a’zolari bu dasturga arizatopshiraolmaydilar.

TechGirls turli xil ma’lumot va ko‘nikmalarga egabo‘lgan, shu jumladan nogiron bo‘lgan nomzodlarniariza berishga chaqiradi.

Ushbu havola  Eligibility and Application - TechGirls(techgirlsglobal.org)  orqali dastur talablari bilanbatafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

• Viza to‘lovi;

• Borib-kelish xarajatlari;

• Turar-joy (ikki kishilik yotoqxonaga joylashtiriladi);

• Ovqatlanish xarajatlar;

• Dastur tadbirlariga borish uchun jamoa transportlaridanfoydalanish xarajatlari;

• Legacy International tomonidan tashkillashtirilganmadaniy tadbirlarda qatnashish;

• Favquloddagi holatlarda tibbiy sug‘urta  xarajatlari.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola  Instructions - TechGirls(techgirlsglobal.org)  orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Arizada quyidagi savollar so‘raladi:

• Shaxsiy savollar;

• Maktabda olgan baholari;

• Texnologiyaga oid birorta kursga qatnashganligi;

• Texnologiyaga doir biror  faoliyat yuritgani yoki dasturqatnashganligi va erishgan yutuqlari;

• Texnologiyaga qiziqishingizga sabab bo‘lgan omil, budasturga qatnashishingizdan ko‘zlagan maqsadingizkabi savollarga javob berish so‘raladi.

Ariza topshirish jarayonidan muvaffaqiyatli  o‘tgan nomzodlar suhbatga chaqiriladi. Suhbatnomzodning mamlakatidagi AQSH elchixonasidabo‘lib o‘tadi.

• Ariza topshirish bo'yicha ushbu havola Instructions - TechGirls (techgirlsglobal.org) orqali batafsilma'lumot olish mumkin.

Rasmiy havolaHujjat topshirish

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Muhim sanalar: 

2023-yil 17-oktyabr: TechGirls ilovasi ochiladi.

2023-yil 8-dekabr: TechGirls ilovasi yopiladi.

2024-yil fevral: Yarim finalchilar elektron pochtaorqali bog'lanadi.

2024-yil fevral oyi oʻrtalari yoki oxiri: Yarimfinalchilar bilan suhbatlar oʻtkaziladi.

2024-yil mart: finalchilar va muqobillar xabardorqilinadi.

2024-yil iyul: finalchilar Qo'shma Shtatlarga jo'nabketishadi.

2024-yil 1-avgust: finalchilar AQShdan O‘zbekistongajo‘nab ketishdi.

• Murojaat qilishuchun: https://techgirlsglobal.org/contact-us/

• AQShning O'zbekistondagi elchixonasi e-mail manzili: Tashkent-Program@state.gov