Qarshi tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida buyuk mutafakkirlar Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan "Ikki buyuk siymo" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
▶️ Adabiy kecha davomida o'quvchilar Navoiy va Bobur g'azallari, tuyuq va dostonlaridan ifodali o'qib berish barobarida "g'azal mulkining sultoni" va "shoh va shoir" ning hayoti bilan bog'lig' sahna ko'rinishlarini namoyish etishdi.