“Ilg`or tajriba va mahorat uyg`unligi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

     Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar  maktabdan tashqari ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni ham belgilab berdi. Ana shunday vazifalarni joylarda amalda bajarilishini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida  25 fevral kuni Peshko‘ tumanida “Ilg`or tajriba va mahorat uyg`unligi” mavzusida  navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

     Ishtirokchilar dastlab tumandagi 4-IDUMda tashkil etilgan  “Barkamol avlod” bolalar maktabining tarmoq to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Afshona qishlog‘idagi Ibn Sino uy muzeyi uzra sayohat uyushtirildi. So`ngra “Barkamol avlod” bolalar maktabi binosida faoliyat yuritayotgan  to`garak  rahbarlari o`tkazgan “Mahorat mashg`ulotlari” seminar ishtirokchilari tomonidan tahlil qilinib, tahlil natijalari o`zaro muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan to‘garak xonalarining o‘z yo‘nalishiga mos jihozlanganlik ahvoli o‘rganilib, taklif va mulohazalar bildirildi.

         Seminar yakunida viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori M.Jamolova so`zga chiqib, yurtimizda ta’lim sohasi bo`yicha ro`y berayotgan yangiliklar va amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq ta’limi vaziri tomonidan berilayotgan topshiriqlar haqida o`z fikrlarini bildirib, taklif va mulohazalarni atloflicha muhokama qildilar va o`quv-amaliy seminarga yakun yasadilar.