Urganch tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabida ko'chma kubok musobaqasi bo'lib o'tdi.

2020-yil 25-dekabr kuni  Urganch tuman "Barkamol avlod  " bolalar maktabi o'quvchilari o'rtasida do'stlik aloqalarini mustahkamlash,aqlni charxlash va mantiqiy fikrlashni oshirish maqsadida "DONALARINGIZNI EHTIYOT QILING" shashka o'ynash   musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqada  quyidagi to'garaklar o'zaro bellashishdi:

☆"O'yinli matematika" to'garagi,
☆"Biologiya" to'garagi
☆""Avtomodel" to'garagi
☆"ingliz tili" to'garagi
☆"tikish-bichish" to'garagi
☆"tasviriy san'at" to'garagi
☆"mental arifmetika" to'garagi"
☆"mantiqiy matematika" to'garagi
☆"bolalar teatri"to'garagi.

O'yin juda qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi.O'quvchilar shijoatli va o'ziga ishongan .Ayniqsa ,to'garak rahbarlarining bellashuvi juda qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.

Har bir guruhda 1nafar to'garak rahbari va 4 nafar to'garak a'zosi bir tan -u bir jon bo'lib harakat qilishdi. 

Musobaqa yakuniga ko'ra:

 Faxrli 1-o'rin va "Barkamaol avlod bolalar'" maktabi "ko'chma kubok"i  sovrindori sifatida  "O'YINLI MATEMATIKA" to'garagi guruhi a'zolari taqdirlandi.

Faxrli 2-o'rin bilan "BIOLOGIYA" to'garagi guruhi a'zolari taqdirlandi.

Faxrli 3-o'rin bilan "AVTOMODEL" to'garagi  a'zolari taqdirlandi.

Eng yaxshi o'yin ko'rsatgan va faol qatnashgan guruh  "Ingliz tili" to'garagi a'zolari guruhi deb topildi.

Barcha g'olib bo'lgan guruhlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.