Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hududlarda

Xabaringiz bor, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi mutaxassislari tomonidan dekabr va yanvar oylari davomida "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garaklarida oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va maktablarda ijro intizomi holatini o‘rganish hamda amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablarida uslubiy yordamlar oyligini o'tkazish rejalashtirilgan edi.

Xususan, bugun, 13-yanvar kuni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida uslubiy yordamlar oyligi doirasida amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatildi.

Hududlarga amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...