Tarmoq to'garaklarni tashkil qilish

Yosh avlodni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Barkamol avlod” bolalar maktablari foliyatini keng targ‘ib qilish, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida muassasa moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib hamda o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra «Barkamol avlod» bolalar maktablarining tarmoq to‘garaklarini tashkil etish maqsadida Yangi hayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar “Barkamol аvlod” bolalar maktabi to‘garaklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bolalar ijodiyoti ko'rgazmasi, badiiy jamoalarning chiqishlari  o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Har bir to'garakka 40-50  nafar o'quvchi a'zo bo'lish istagini bildirdi.

O‘tkazilgan tadbir natijalariga ko‘ra maktab ma’muriyati bilan robototexnika, to‘qish, munchoqli bezak, tasviriy san’at, liboslar dizayni, gazetalardan buyumlar to‘qish, doira, dutor to‘garaklarini tashkil etish to‘g‘risida kelishildi.