Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi qoshidagi "Zamin" bolalar teatr to'garagi a'zolari xalqaro folklor festivalida "Eng yaxshi guruh" nominatsiyasi sohibi bo‘lishdi

Turkiya davlatining Marmaris shahrida bo'lib o'tgan 13-xalqaro folklor festivalida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi qoshidagi "Zamin" bolalar teatr to'garagi a'zolari, Bolgariya, Gruziya, Qozog'iston, Rossiya, Ozarbayjon, Polsha va Turkiyalik o'quvchilar qatorida ishtirok etib, eng yaxshi guruh nominatsiyasi bo'yicha taqdirlandilar.

Festivalda "Zamin" bolalar teatr to‘garagi a‘zolari o‘zlarining "Farg'onacha", "Surxoncha", "Xorazmcha" yo‘nalishdagi folklor ashulla va raqslari bilan ishtirok etdilar.

Xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilayotganligi va erishayotgan yutuqlari tufayli, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Sizlar kabi o'quvchi-yoshlarimizdan faxrlanadi.