DIQQAT, TANLOV!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Mening orzum" shiori ostida  online tanlov e'lon qiladi.

Tanlov videorolik yo‘nalishda quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi:

"Mening kelajakdagi orzum" mavzusiga oid videorolik (videorolik vizual va ovozli effektlar, jonli tasvirlar asosida yaratilgan hamda mavzuni to'liq ochib berishi zarur).

Tanlovda ishtirok etish uchun materiallar joriy yilning 18-yanvar kunidan boshlab, 1-fevral kuniga qadar material muallifining  FISh, hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @tmnn0 telegram manziliga yuborilishi zarur.

Tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan Respublikamizning barcha o'quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari asosida yuborilgan ijodiy ishlar orasidan hakamlar hay'ati tomonidan saralab olingan eng yaxshi 10 ta videoroliklar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining YouTUBE rasmiy sahifasida yoritiladi.

G'oliblar YouTUBE rasmiy sahifada joylangan ijodiy ishlar orasidan ovoz berish (like) orqali aniqlanib, tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadilar.

Bizni kuzatib boring!
Eng yangi loyihalar va tanlovlar bizda!