"Mening orzum" onlayn tanlovining g'oliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida "Mening orzum" shiori ostida onlayn tanlov e'lon qilingan edi.

✔️Ushbu  tanlovga o'quvchi-yoshlar tomonidan yuborilgan 
5️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin videoroliklar orasidan hakamlar hay'ati tomonidan 10 ta eng yaxshilari saralab olinib, gʻolib va sovrindorlarni aniqlash maqsadida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining YouTUBE rasmiy sahifasiga ovoz (like) yig'ish uchun joylandi.

🎉Videoroliklarda yig'ilgan ovozlar (like) natijasiga ko'ra mutlaq g'olib va sovrindorlar bilan tanishing!

🥇1-o'rin:  Farg'ona viloyati Qo'qon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosi Mehmonova Xanifaxon (4.7 mingta like);
🥈2-o'rin:  Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar 13-sonli umumta'lim maktabi 5-sinf o'quvchisi No‘monova Madinaxon (3.6 mingta like);
🥉3-o'rin: Jizzax viloyati Arnasoy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zosi Rajabova Shabnam (3.2 mingta like).

📌Tanlov natijalari e'lon qilingandan so'ng berilgan ovozlar (like) hisobga olinmaydi.

📜G'oliblar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlanadilar.

👏G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!