STEM to'garaklar

Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining "STEM-ta'lim" dasturi bo‘yicha texnologiya va muhandislik yo‘nalishidagi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan robototexnika va dasturlash  to‘garak xonalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Xalq ta'limi vazirligi va Xalq ta'limi bosh boshqarmasi  mutasaddi rahbarlari, "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak rahbarlari va a'zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yanvar oyidan boshlab to'garaklar o'z faoliyatini boshladi/