“O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining roli” mavzusida respublika seminar treningi o‘tkazildi.

    Xalq ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i M.Karabaev so‘zga chiqib Xalq ta’limi tizimidagi yangiliklar va olib borilayotgan isloxotlarning mazmun mohiyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining  o‘rni va to‘garak rahbarlari bilan ishlash metodikalari bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi. SHuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan  5 tashabbus asosida  o‘quvchi-yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kompyuter texnologiyalari va dasturlash asoslarini o‘rgatish, kitobxonlik va kitob targ‘ibotini kuchaytirish, qizlarni ijtimoiy faol xayotga jalb etish bo‘yicha darsdan tashqari tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida  kerakli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

        Seminar davomida Xalq ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Aminov Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini birma-bir tahlil qildi.

    So‘ngra, seminar ishtirokchilari viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida endigina faoliyatini boshlagan texnika yo‘nalishidagi “Robototexnika”, “Dasturlash”, “Kompyuter grafikasi va dizayni” to‘garaklari  bilan tanishib, xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan kompyuter, lego va stajyor va proektor kabi zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan xonalarda o‘quvchilarning mazkur yo‘nalishlarda chuqur bilim olishlari va o‘z iqtidorlarini  namoyish etishlari uchun barcha  imkoniyatlar yaratilganligining guvohi bo‘lishdi.